“Amaliy san’at ustasi” ko’rik tanlovi va ko’rgazmasi o’tkazildi
05.06.2023 2023-06-07 9:36“Amaliy san’at ustasi” ko’rik tanlovi va ko’rgazmasi o’tkazildi
![0114](https://bsmi.uz/wp-content/uploads/2023/06/0114-1170x600.jpg)
“Amaliy san’at ustasi” ko’rik tanlovi va ko’rgazmasi o’tkazildi
Bugun Buxoro davlat tibbiyot instituti tomonidan “Amaliy san’at ustasi” ko’rik-tanlovi va ko’rgazmasi o’tkazildi. Tanlov va ko’rgazmada 7 ta yo’nalish, jumladan zargarlik, zardoz’lik, kashtachilik, kulolchilik, misgarlik, ganchkorlik, yog’och o’ymakorligi bo’yicha talabalar o’zlarining havaskorlik mahoratlarini mahoratlarini namoyish qilishdi.
![](https://bsmi.uz/wp-content/uploads/2023/06/0115.jpg)
![](https://bsmi.uz/wp-content/uploads/2023/06/0116.jpg)
O’tkazilgan ushbu “Amaliy san’at” tanlovida jami 30ga yaqin talaba yoshlar o’z ishlari bilan ishtirok etishdi. Shuningdek tanlov doirasida savdo yarmarkasi ham tashkil qilindi. Tanlovda institut rektori Sh.J.Teshev, Yoshlar masalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha birinchi prorektor Z.Saidova va “Hunarmand” uyushmasi, Tadbirkor ayollar asotsiyasi viloyat bo’limi vakillari qatnashib talabalar o’z qo’llari yasagan amaliy san’at na’munalarini namoyish qilishdi.
![](https://bsmi.uz/wp-content/uploads/2023/06/0111.jpg)
![](https://bsmi.uz/wp-content/uploads/2023/06/0117.jpg)
Yosh avlodni mehnatsevarlikka, Vatanga muhabbat, sadoqat, milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash, milliy qadriyatlarimiz rivojiga hissa qo’shayotgan ushbu tadbir Buxoro davlat tibbiyot instituti talabalari hamda mehmonlarda o‘rtasida katta qiziqish va taassurot qoldirdi.
![](https://bsmi.uz/wp-content/uploads/2023/06/0118.jpg)
![](https://bsmi.uz/wp-content/uploads/2023/06/0119.jpg)