BuxDTI matbuot xizmati Fotogalereya

Amerikalik bir guruh olimlar Buxoro davlat tibbiyot institutida bo’lishdi

6e0ab3fd76230b7f0daf9

Amerikalik bir guruh olimlar Buxoro davlat tibbiyot institutida bo’lishdi

BuxDTI ayni paytda mamlakatimizdagi OTMlar ichida xalqaro oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik qilish borasida yetakchi o‘rinda turadi. Institut ayni paytda 50ga yaqin xalqaro tashkilotlar bilan imzolangan memoriandum va shartnomalar bilan ishlamoqda.Shu kularda O’zbekiston Amerika tibbiyot forumida ishtirok etish uchun yurtimizga kelgan Amerika Qo’shma shtatlarining bir guruh olimlari va nufuzli muassasalar rahbarlari Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutida bo’ldi.

Delegatsiya tarkibida yurtimizga tashrif buyurgan Texas universiteti professori, Psixiatriya kafedrasi mudiri Israel Liberzon, Texas universitetining ilmiy tadqiqot markazi direktori Tetiana Nickelsen,  Boston markaziy bolalar shifoxonasi loyiha mmenejeri, O’zbekiston – Amerika tibbiyot  asosiatsiyasi (UZAMA) vitse prezidenti vatandoshimiz Nilufar Qahorova, Mass General Brigham kompaniyasining boshqaruvchi direktori Sarper Tanli, taniqli ortoped, AQShning O‘rta G‘arbidagi yetakchi klinikalardan biri – Sent-Luis universitetining ortopedik jarrohlik bo‘limi mudiri Joldas Quljanov hamda Amerikada bir necha yildan buyon faoliyat ko‘rsatib kelayotgan vatandoshimiz, professor Alisher Dadaboyev institut tahbariyati bilan uchrashdi.

Okean Ortidan tashrif buyurgan mehmonlar institut rektori Shuxrat Teshayev va prorektor Laziz Niyozov hamrohligida yaqinda foydalanishga topshirilgan institutning yangi kampusi, u yerda tashkillashtirilgan Simulyasion markazda yaratilgan sharoitlar, zamonaviy o‘quv va amaliy mashg‘ulot xonalariga yuqori baho berdi.

Shuningdek, Amerikalik olimlar institut talabalariga mahorat darslarini o’tishdi. Mehmonlarning yurtimizga tashrifi davom etmoqda.