Amerikalik olimlar BuxDTI rektori tomonidan taqdirlandi
08.09.2023 2023-09-09 9:30Amerikalik olimlar BuxDTI rektori tomonidan taqdirlandi
Yakunlanayotgan haftada mamlakatimiz nufuzli tibbiyot tadbirlari – O‘zbekiston – AQSh sog‘liqni saqlash haftaligi bo‘lib o‘tdi.

Haftalik doirasida bugun Toshkent shahrida anjuman katta anjuman ham tashkil etildi. Unda ikki davlat sog‘liqni saqlash tizimi rahbarlari, tibbiyot oliy ta’lim muassasasi rektorlari va sanoat korxonalar rahbarlari ishtirok etishdi.

Anjuman chog‘ida Buxoro davlat tibbiyot instituti amerikalik hamkorlar bilan qator muzokaralar olib borishdi. Hamkorlik shartnomasi imzolashdi.

Shu bilan birga, AQShning ikki nafar olimi Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutining “faxriy professori” unvoni bildan taqdirlandi.


Bular, Texas universiteti professori, Psixiatriya kafedrasi mudiri Israel Liberzon hamda AQShning O‘rta G‘arbidagi yetakchi klinikalardan biri – Sent-Luis universitetining ortopedik jarrohlik bo‘limi mudiri Joldas Quljanov.
