BuxDTI matbuot xizmati

AQSHlik mehmonlar tashrifi

AQSHLIK MEHMONLAR TASHRIFI1

AQSHlik mehmonlar tashrifi

Buxoro davlat tibbiyot institutiga bugun Amerika Qo’shma Shtatlarining Vebster universiteti professorlari hamda mazkur universitetning Toshkent shahridagi filiali xodimlari tashrif buyurishdi.

Vebster Universiteti professorlaridan – Stephanie Schroeder, Nigora To’rayeva tashrifdan asosiy ko’zlangan asosiy maqsad universitetdagi biologiya va kimyo ta’lim yo’nalishlariga doir laboratoriyalar faoliyati bilan yaqindan tanishishdan iborat bo’ldi.

Institut kichik zalida mehmonlar bilan muloqot qilgan rektor Shuhrat Teshayev joriy yilda Qo’shma shtatlarga amalga oshirilgan safarlar va unda imzolangan kelishuvlarga ko’ra ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini kuchaytirish masalalarini muhokama qildi.

Shuningdek, mehmonlar institut hovlisida daraxt ko’chati o’tqazib, prorektor Laziz Niyozov hamrohligida institut axborot resurs markazi, Simulyasiya markazi hamda zamonaviy klinika binosini ko’zdan kechirishdi.

Mehmonlarning Buxoroga safari davom etmoqda.