BuxDTI matbuot xizmati

AQSHlik olimlar Buxoroda

photo_2023-09-14_17-38-10

AQSHlik olimlar Buxoroda

Prezidentimizning 2018 yil 5 iyuldagi 3838-sonli qarorga asosan Buxoro davlat tibbiyot instituti huzurida Respublika Immunologiya va inson genomikasi instituti Buxoro filiali tashkil etilgan edi.
Mazkur filialning ochilishi katta va kichik ilmiy xodimlarning immunologiya va inson genetikasiga oil ilmiy-tadqiqot ishlarini Buxoro shaxrida olib borish imkoniyatini yaratadi.

Shu bilan birgalikda mahalliy aholi orasida avj olib borayotgan immun va irsiy kasalliklarni erta tashxislash, davolash va oldini olishda muhim ahamiyatga ega.
O‘zbekiston – Amerika Qo‘shma shtatlari tibbiyot haftaligi doirasida yurtimizda bo‘lib turgan Garvard universitetining bir guruh nufuzli olimlari filialda bo‘lib, direktor Nigina Hikmatova bilan uchrashishdi.

Bu yerda yaratilgan sharoitlar va laboratoriya faoliyati bilan tanishishdi.