BuxDTI matbuot xizmati Fotogalereya Madaniy-ma’rifiy faoliyat Madaniy-ma’rifiy tadbirlar

Asilbek Xudoyorov Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutiga tashrif buyurdi.

photo_2024-10-19_13-07-25

Asilbek Xudoyorov Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutiga tashrif buyurdi.

Kecha, 10 oktyabr kuni O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vaziri Asilbek Xudoyorov Buxoro viloyatiga safari davomida Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutiga tashrif buyurdi.

Dastlab, institut hovlisida tashkil etilgan ustozlar xotira xiyobonida bo’lib, “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ekilgan daraxtlarni ko’zdan kechirdi. Yangidan barpo etilgan institut kampusi maketini va u orqali oliygohdagi majmualarni ko’rdi. 900 o‘rinli o‘quv binosi, 200 o‘rinli klinika, simulyasiya o‘quv markazi kabi yirik markazlarni o‘z ichiga olgan hamda jahon standartlaridagidek yaxlit joylashgan kampus faoliyatiga yuqori baho berdi.

Shuningdek, Axborot resurs markazida ilmiy ishlanmalar, loyiha va patentlashga tayyorlangan go’yalar bilan tanishar ekan vazir Buxoroda ilmiy salohiayt ancha yuqori ekanini alohida ta’kidladi. Yangi O‘zbekistonga munosib oliygoh ilmi va amaliy jarayonlari bilan xalqimizga xizmat qilishi kerakligini aytib o’tdi.

Sog’liqni saqlash vaziri Asilbek Xudoyorov institut katta zalida faol va iqtiorli talabalar bilan bevosita muloqot qilar ekan, jamiyatimiz kelajagi boʼlgan yoshlarga tibbiyot tizimi rivoji uchun ilm va amaliyotni uyg’unlashtirish zarurligini alohida e’tirof etdi. O’zining a’lo o’qishi va institut ma’naviy-ma’rifiy muhitida munosib hissa qo’shgan bir guruh talabalarni vazirlik tashakkurnomasi bilan taqdirladi.

Asilbek Xudoyorov o’zining ilmiy ishlanmalari ustida izlanishlar olib borayotgan iqtidorli talabalarni oliy ta’limdan keying ta’limda olib qolish, ilmli yoshlarni rag’batlantirib borishda Buxoro tajribasi sifatifa mamlakat miqyosida tadbir etish kerakligini aytib o’tdi. Raqobatbardosh kadr boʼlib yetishish uchun talabalar oʼz ustida ishlashlari boʼyicha kerakli yoʼnalishlar berildi, jumladan xorijiy tillarini oʻrganish, Internet tarmoqlaridan unumli foydalanish. Jahon tahribasini o’rganishni jadallashtirish lozimligi aytildi.

Vazir Buxoro safari davomida institutning Simulyatsiya markazi hamda zamonaviy klinikasida ham bo’ldi. Klinika direktori Sh. Tursunovga davolash jarayonida xalq tabobatini ommalashtirish, tabiiy dori vositalarini qo’llagan holda davolash jarayonlarini olib boorish kerakligini ta’kidladi.