BuxDTI matbuot xizmati

«Avtomobilsiz kun»

Avtomobilsiz kun

«Avtomobilsiz kun»

➖Prezidentning fevral oyidagi farmoni ko’ra har oyning to‘rtinchi chorshanba kuni «Avtomobilsiz kun» aksiyasi o‘tkaziladi. Shu kuni rahbarlar va boshqa davlat xizmatchilari ishga jamoat transportida yetib kelishi belgilab qo‘yilgan.

✔️Haydovchilar ushbu kunda avtomobil va mototsikllardan foydalanmasdan, sog‘lom turmush tarzini tanlab, reja qilgan manzillariga velosiped yoki piyoda borishga harakat qilishadi. Ushbu kunda sog‘lom turmush tarzi bir maqsad bo‘lsa, hech bo‘lmasa bir kun havoni zaharli gazlardan tozalash yana bir maqsad hisoblanadi.

🛑 🚲 Institut ma’muriyati barchani shu kuni bo‘lib o‘tadigan aksiyaga “befarq qolmaslikka, shaxsiy avtomobillar o‘rniga jamoat transporti, velosiped kabi atmosferaga kamroq zarar yetkazadigan transport vositalaridan foydalanishga” chaqiradi.