BuxDTI matbuot xizmati

Ayni paytda BuxDU katta zalida Romitan tumani sektor rahbarlarining Buxoro viloyatidagi oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilari bilan uchrashuvi boshlandi.

photo_2022-06-20_15-12-27

Ayni paytda BuxDU katta zalida Romitan tumani sektor rahbarlarining Buxoro viloyatidagi oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilari bilan uchrashuvi boshlandi.

Muloqot davomida tuman hokimi U.Barnoev mamlakatimizda keyingi yillarda yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning o‘z iqtidor va salohiyatlarini yuzaga chiqarishlari uchun keng imkoniyatlar yaratib berilayotganligi, Davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan oliy o‘quv yurtlari moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, ilmiy salohiyatini yuksaltirish, ta’lim sifatini xalqaro andozalar darajasiga ko‘tarish, iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratilayotganligi xususida atroflicha fikr-mulohazalar bildirdi.

Muloqotda Romitanlik bitiruvchi talabalarni ish bilan ta’minlash, bu boradagi mavjud imkoniyatlar, joriy o‘quv yilida viloyat OTMlarini tamomlayotgan 400 ga yaqin talabalarni mutaxassisligi bo‘yicha ish bilan ta’minlash masalalari atroflicha muhokama etilmoqda. Ochiq muloqot davomida tuman hokimi Romitanlik bitiruvchi yoshlarni qiziqtirgan barcha savollarga batafsil javob qaytarmoqda. Uchrashuvda mutasaddilarga yosh mutaxassislarni tegishli tashkilotlarga ishga joylashtirish bo‘yicha vazifalar yuklatilmoqda.