Ayni paytda Samarqand shahrida O‘zbekiston — Rossiya xalqaro sog‘liqni saqlash forumi boshlandmoqda
03.06.2023 2023-06-03 10:12Ayni paytda Samarqand shahrida O‘zbekiston — Rossiya xalqaro sog‘liqni saqlash forumi boshlandmoqda

Ayni paytda Samarqand shahrida O‘zbekiston — Rossiya xalqaro sog‘liqni saqlash forumi boshlandmoqda
3-4- iyun kunlari bu shaharda O‘zbekiston — Rossiya xalqaro sog‘liqni saqlash forumi bo‘lib o‘tadi.
“Silk Road Samarkand” majmuasi “Minyoun” mehmonxonasida mazkur nufuzli tadbirning rasmiy ochilishi boshlandi.

Anjumanda O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vaziri Amrillo Inoyatov, Rossiya Federatsiyasi Sog‘liqni saqlash vaziri Mixail Murashko, shuningdek diplomatik korpus vakillari, har ikki tomonning yetakchi tibbiyot oliy o‘quv yurtlari rektor va professorlari, nufuzli tibbiyot klinikalari, ilmiy tadqiqot institutlari, ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari, yirik farmasevtika va tibbiyot kompaniyalari rahbarlari ishtirok etmoqda.

Tadbirda Buxoro davlat tibbiyot instituti rektori Sh.Teshayev, prorektorlar L.Niyozov, Sh.Tursunov va boshqalar ishtirok etmoqda.