BuxDTI matbuot xizmati

Aziz yurtdoshlar!

photo_2023-07-11_09-13-31

Aziz yurtdoshlar!

Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutida so’nggi yillarda olamshumul o’zgarishlar, nufuzli xalqaro kompaniyalar bilan ko’p tomonlama hamkorlik aloqalari, yangi ta’lim yo’nalishlari va boshqa ajoyib o’zgarishlar hamda yangilanishlar sodir bo’ldi.

Mamlakatimiz Rahbari tashabbusi bilan 2017 yilda belgilangan loyiha asosida institutning yangi kampusi qurilishi rejalashtirilgan edi. Joriy yilda mana shu ilm darhgohi haybatli binoda o’z ishini boshladi. Bunday yutuqlarning soni cheksiz!

Biz Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti jamoasi va o’n mingga yaqinlashgan talabalari nomidan Shavkat Miromonovich Mirziyoyevni prezidentlik saylovidagi ishonchli g‘alabasi bilan chin dildan qutlaymiz.

Ishonamizki, Prezidentimiz boshchiliklarida mamlakatimiz sog’liqni saqlash, tibbiy ta’lim va butun tizim ham keng rivoj topib, yanada ulkan cho‘qqilarni zabt etadi. Bu yo‘lda biz doim hurmatli Prezidetnimizga qanot bo‘lishga tayyor ekanimizni bildiramiz!