BuxDTI matbuot xizmati Madaniy-ma’rifiy faoliyat Madaniy-ma’rifiy tadbirlar Sport tadbirlari

Badiiy gimnastika bo‘yicha respublika ochiq birinchiligi

photo_2023-04-19_11-58-39

Badiiy gimnastika bo‘yicha respublika ochiq birinchiligi

Yurtimizda aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, ommaviy sportni rivojlantirish, yoshlar o‘rtasida sport-sog‘lomlashtirish ishlarini taraqqiy ettirish maqsadida sport musobaqalari, turli tadbirlar tashkil etilmoqda.

Ushbu tadbirlar doirasida Buxoro davlat tibbiyot instituti sport zalida badiiy gimnastika bo‘yicha respublika ochiq birinchiligi bo‘lib o‘tdi. Musobaqaning asosiy tashkilotchisi Buxoro davlat tibbiyot instituti talabasi gimnastika bo‘yicha O‘zbekistan chempioni, «Zulfiya» nomidagi davlat mukofoti sovrindori Sitora Ismatova bo‘ldi.

Dastlab, tadbirda so‘z olgan institut rektori Shuxrat Teshaev Muhtaram Prezidentimiz tomonidan yoshlarga yaratilgan imkoniyat va e’tibor havida so‘zladi va gimnastikachi qizlarga omad tiladi.

Musobqada respublikamizning turli viloyatlaridan tashrif burgan 10 yoshgacha bo‘lgan sportchi qizaloqlar jamoalari bellashishdi.