BuxDTI matbuot xizmati

Barcha yoshdagi farzandlarning ta’limiga yo‘naltirilgan to‘lovlar soliqdan ozod qilinadi

photo_2023-05-10_09-17-01

Barcha yoshdagi farzandlarning ta’limiga yo‘naltirilgan to‘lovlar soliqdan ozod qilinadi

2023 yil 1 avgustdan boshlab, soliq to‘lovchilar tomonidan yoshidan qat’i nazar farzandlarining O‘zbekistondagi ta’lim tashkilotlarida o‘qishi uchun yo‘naltiriladigan to‘lovlar soliq solinmaydigan daromadlar toifasiga kiritiladi.

Bu – yangi tahrirdagi konstitutsiyani ro‘yobga chiqarishga doir prezident farmonida belgilandi.

Bu xushxabar nima degani?

Amaldagi tartibga ko‘ra, ota-onalar o‘zlarining 26 yoshga to‘lmagan farzandlarining kontraktlari uchun pul to‘laganda, to‘langan qismidan 12 foizlik daromad solig‘i hisoblanmasdi va qaytarib berilar edi.

Ana endi 1 avgustdan boshlab mana shu qoidadagi yosh cheklovi olib tashlanmoqda. Endi 30 yosh bo‘ladimi, 35 yosh bo‘ladimi, farqi yo‘q, farzandining kontrakti uchun to‘langan summaga daromad solig‘i hisoblanmaydi.