BuxDTI matbuot xizmati

“Baxtli yashash formulasi” – motivatsion tong!

2025-08-15 13.22.40

“Baxtli yashash formulasi” – motivatsion tong!

🏛Bugun “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutida Yangiobod va Moxi Xossa MFYlaridan tashrif buyurgan o‘quvchilar ishtirokida motivatsion psixologik aksiya tashkil etildi.

🫂Institut psixologlari N.Tosheva va D.Qahhorova tomonidan o‘tkazilgan “Baxtli yashash formulasi” mavzusidagi tongi treningda yoshlarga hayotga ijobiy qarash, o‘zini anglash va maqsad sari intilish ko‘nikmalari singdirildi.

🔗Trening samimiy, ochiq muloqot va amaliy mashg‘ulotlarga boy tarzda o‘tdi.