BuxDTI matbuot xizmati Sport tadbirlari Talabalar hayoti

“BESH TASHABBUS OLIMPIADASI” DOIRASIDA VOLEYBOL MUSOBAQASI O‘TKAZILDI

600679d4-6f71-4d21-9860-f2ce50d3c3f1

“BESH TASHABBUS OLIMPIADASI” DOIRASIDA VOLEYBOL MUSOBAQASI O‘TKAZILDI

Buxoro davlat tibbiyot institutida talaba-yoshlar o‘rtasida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida voleybol sport musobaqasi tashkil etildi.
​Musobaqani o‘tkazishdan asosiy maqsad — talaba-yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, ularning sportga bo‘lgan qiziqishini oshirish hamda bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishdan iborat.
​Musobaqa davomida ishtirokchilar o‘zlarining jismoniy tayyorgarligi, sport mahorati va jamoaviylik qobiliyatlarini namoyon etdilar.
​Qizg‘in va murosasiz kechgan bahslarda jamoalar munosib ishtirok etib, o‘zaro tajriba va mahoratlarini sinovdan o‘tkazdilar.

​Barcha ishtirokchilarga kelgusi musobaqalarda omad va muvaffaqiyat tilaymiz!
​Besh tashabbus — yoshlar uchun keng imkoniyatlar maydoni!

​Abu Ali Ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti axborot xizmati