Besh tashabbus olimpiadasi — yoshlarni birlashtirishda muhim omil.
14.03.2024 2024-03-18 10:06Besh tashabbus olimpiadasi — yoshlarni birlashtirishda muhim omil.

Besh tashabbus olimpiadasi — yoshlarni birlashtirishda muhim omil.
Mamlakatimizda keyingi yillarda kelajagimiz egalari bo‘lgan yoshlarning qonuniy huquq va manfaatlarini ta’minlash, ularning orzu-intilishlari, qobiliyat va iste’dodi, intellektual salohiyatini ro‘yobga chiqarishga qaratilgan ulkan islohotlar amalga oshirilmoqda.
Zero, yoshlar — mamlakatning eng katta boyligi, Vatanimiz tayanchi va xalqimiz suyanchi hisoblanadi. Shu bois, yurtimizda amalga oshirilayotgan izchil islohotlar yigit-qizlarimiz bilan ishlashning vertikal tizimini yaratish, yoshlar muammolarini bevosita mahallalarda hal etishga qaratildi.



Bunga misol sifatida davlatning yoshlar siyosati doirasida amalga oshirilayotgan loyihalar orasida eng katta shuhrat qozongani mahalla-sektor-tuman-hudud-respublika darajasida o‘tkazilayotgan 5 bosqichli “Besh tashabbus olimpiadasi”ni keltirish mumkin.
Ayni kunlarda “Besh tashabbus olimpiadasi” sport musoboqalari start olmoqda. Buxoro davlat tibbiyot instituti rektori Shuhrat Teshayev, Yoshlar bilan ishlash va ma’naviyat ishlari bo‘yicha birinchi prorektor Zubayda Bahranova institut professor o’qituvchilar hamda talabalar faol ishtirok etmoqda.


