“BESH TASHABBUS OLIMPIADASI”GA START BERILDI
02.10.2026 2026-10-04 22:58“BESH TASHABBUS OLIMPIADASI”GA START BERILDI
“BESH TASHABBUS OLIMPIADASI”GA START BERILDI
Buxoro davlat tibbiyot institutida yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning iqtidor va qobiliyatlarini namoyon etish hamda sport va madaniy yo‘nalishlardagi faolligini qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Besh tashabbus olimpiadasi”ning institut bosqichiga start berildi.
Tadbir doirasida olimpiadaning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda institut rahbariyati, professor-o‘qituvchilar hamda faol va tashabbuskor talabalar ishtirok etdi.
Olimpiada davomida talabalar turli sport, san’at, intellektual va ijodiy yo‘nalishlarda o‘zaro bellashib, o‘z iqtidorlarini namoyish etadilar.
Barcha ishtirokchilarga omad va zafarlar tilaymiz!
Yoshlar — kelajak bunyodkorlari!
Besh tashabbus — besh imkoniyat!




Abu Ali Ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti axborot xizmati