BuxDTI matbuot xizmati

“BIMO-2026” va “BICHO-2026”

xalqaro olimpiadalari1

“BIMO-2026” va “BICHO-2026”

Bugun Buxoro davlat universitetida nufuzli “BIMO-2026” va “BICHO-2026” xalqaro olimpiadalarida yuqori natijalarga erishgan iqtidorli yoshlar va ularning ustozlarini sharaflashga bag‘ishlangan tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur tadbir ilm-fan va intellektual salohiyatni rivojlantirish yo‘lida qo‘lga kiritilgan yutuqlarni e’tirof etish, yoshlarni yangi marralar sari ruhlantirishga xizmat qildi.

Tadbirda Buxoro davlat tibbiyot instituti rektori Shuhrat Teshayev ishtirok etib, xalqaro olimpiada g‘olibi bo‘lgan talabalarni erishilgan yutuqlari bilan muborakbod etdi hamda ularni taqdirlash marosimida qatnashdi.

Marosim davomida yoshlarning xalqaro maydondagi muvaffaqiyatlari mamlakatimiz ta’limi va ilm-fani rivojida muhim ahamiyat kasb etishi alohida ta’kidlandi.