Biokimyo fanining zamonaviy tibbiyotdagi o‘rni
16.04.2022 2022-04-16 14:52Biokimyo fanining zamonaviy tibbiyotdagi o‘rni
Joriy yilning 15-16 aprel kunlari Buxoro davlat tibbiyot institutida “Biokimyo fanining zamonaviy tibbiyotdagi o‘rni: kecha, bugun va ertaga” mavzuida respublika ilmiy amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Konferensiyada mamlakatimizdagi oliy ta’lim muassasalarida faoliyat ko‘rsatayotgan olimlar, doktorantlar, tadqiqotchilar va professor o‘qituvchilar ishtirok etishdi.
BuxDTI prorektori Z.Bahronova tadbir ishtirokchilarni tabriklab, hozirgi sharoitda zamonaviy tibbiyotda biokimyo fanining o‘rni beqiyosligi, oliy ta’lim muassasalari va ilmiy-tadqiqot institutlari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida to‘xtalib o‘tdi.
Ilmiy konferensiyada O‘zbekiston fanlar akademiyasi, Toshkent tibbiyot akademiyasi, Samarqand tibbiyot universiteti, TTA Urganch filiali olimlari o‘z ma’ruzalari bilan chiqish qildilar.
Ilmiy-amaliy konferensiya barchada iliq taassurotlar qoldirdi. Ayniqsa masofada turib kompyuter simulyatsiyasi yordamida tashxis qo‘yish va davolash haqidagi ma’ruza taqdimoti hayajonli lahzalarga boy kechdi. Shuningdek, “virtual bemor” modeli tajribasini qo‘llash amaliyoti ham qizg‘in muhokamalarga boy bo‘ldi.
Asosiy konferensiya sho‘balarga bo‘lingan holda yo‘nalishlar kesimida davom etdi. Konferensiya so‘nggida viloyatlararo hamda xalqaro toifadagi professor-o‘qituvchilar bilan kichik davrada aloqalarni yo‘lga qo‘yish, hamkorlikni yanada kengaytirish masalalarini muhokama qilindi.
Muhokama chog‘ida Buxoro davlat tibbiyot instituti va hamkor OTMlar mutaxassislari o‘zlarining ilmiy pozitsiyalari va ilmiy tadqiqotlarini zamonaviy tibbiyotni rivojlantirishda foydalanish bo‘yicha amaliy tavsiyalarini taqdim etdi. Konferensiyaning yakuniy qismida rezolyusiyaning asosiy qoidalari tasdiqlandi.