BuxDTI matbuot xizmati

Biotibbiyot muhandisligi sohasida malaka oshirish davom etmoqda!

Biotibbiyot muhandisligi sohasida malaka oshirish davom etmoqda!1

Biotibbiyot muhandisligi sohasida malaka oshirish davom etmoqda!

🏛Buxoro Davlat tibbiyot instituti “Biotibbiyot muhandisligi, biofizika va informatika” kafedrasi mudiri Xalloqov F.K. Germaniya xalqaro hamkorlik agentligi (GIZ)ning “Oʻzbekistonda sogʻliqni saqlash strategiyasini amalga oshirishni qoʻllab-quvvatlash” loyihasi doirasida Toshkent shahridagi Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazida bir qator qisqa o‘quv kurslarda ishtirok etdi:

▶️23–25 aprel — EKG va Holter qurilmalarining ishlash prinsipi va amaliy qo‘llanilishi bo‘yicha seminar.
▶️28–30 may — Bemor monitorlari va CPAP qurilmasi bo‘yicha nazariy va amaliy mashg‘ulotlar.
▶️26–27 iyun — Narkoz apparati qurilmasi bo‘yicha seminar trening.

♻️Har bir o‘quv kurs yakunida sertifikatlar topshirildi.
Mazkur kurslar biotibbiyot muhandisligi yo‘nalishida o‘qituvchilar malakasini oshirish va zamonaviy tibbiy texnologiyalarni o‘quv jarayoniga samarali integratsiya qilishga xizmat qiladi.