BuxDTI matbuot xizmati Talabalar hayoti Video galereya

Birinchi kurs talabalariga institut logotipi va “Birinchi kurs maktabi “kitobi topshirildi

photo_2023-09-18_11-42-55

Birinchi kurs talabalariga institut logotipi va “Birinchi kurs maktabi “kitobi topshirildi

Bugun Buxoro davlat tibbiyot institutining birinchi kursiga qabul qilingan yangi talabalarga institut timsoli tushirilgan oliygoh ramzi hisoblangan logotipi va  institut ichki tartib qoidalari, dars jadvallari, rahbariyat va umuman ta’lim jarayoniga taaluqli bir qator tavsiya va qo‘llanmalarni o‘z ichiga olgan “Birinchi kurs maktabi” kitobi topshirildi.

Tadbirda institut rektori Shuhrat Teshayev, prorektorlar va fakultet dekanlari,  yoshlar ittifoqi yetakchilari  ishtirok etishdi. Birinchi bosqichda tavsiya etilganlar talabalar institutdagi mavjud shart-sharoitlarga ko‘nikish, moslashish jarayoni samarali tashkil talabalarni bilimini nazorat qilish talabalarga stipendiya to‘lash tartib qoidalari tushuntirildi.

Tadbir davomida so‘z olgan institut rektori Sh.Teshayev o‘z nutqida yangi qabul qilingan talabalarga institut ichki tartib-qoidalari, talabalar turar joylarida va oliygoh hududida  axloq-odob qoidalari to‘g‘risida ma’lumot berib o‘tdi.