Bitiruvchilar ishtirokida “Kelajakka qadam” loyihasi doirasida uchrashuv o‘tkazildi
08.04.2026 2026-04-08 15:59Bitiruvchilar ishtirokida “Kelajakka qadam” loyihasi doirasida uchrashuv o‘tkazildi
Bitiruvchilar ishtirokida “Kelajakka qadam” loyihasi doirasida uchrashuv o‘tkazildi
Buxoro viloyatidagi oliy ta’lim muassasalari bitiruvchi talabalari ishtirokida Tashqi iqtisodiy faoliyat aksiyadorlik jamiyati “O‘zmilliybank” bilan hamkorlikda “Kelajakka qadam” loyihasi doirasida uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuvda bitiruvchilarga biznes g‘oyalarni qo‘llab-quvvatlash, moliyaviy mablag‘lar ajratish, bank kredit mahsulotlari hamda amaliy ko‘maklashish imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Xususan, istiqbolli loyihalar uchun 80 million AQSH dollarigacha hamda qo‘shimcha 20 million AQSH dollarigacha moliyalashtirish imkoniyatlari mavjudligi ta’kidlandi.





Tadbirda Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti rektori Shuhrat Teshayev so‘zga chiqib, bitiruvchilar bandligini ta’minlash, ularni zamonaviy kasb va ko‘nikmalar bilan qurollantirish, shuningdek, mehnat bozorida munosib o‘rin egallashlari uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish muhimligini alohida ta’kidladi.
Shuningdek, tadbir davomida bitiruvchilarning ishga joylashishiga ko‘maklashish, mentorlik tizimini yo‘lga qo‘yish hamda yosh mutaxassislarni qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi.




Mazkur uchrashuv yoshlarning tadbirkorlik tashabbuslarini rivojlantirish, ularning bandligini oshirish hamda amaliy bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.