Bitiruvchilar va Hokim
09.06.2023 2023-06-22 10:12Bitiruvchilar va Hokim
Bugun Buxoro davlat universiteti katta zalida Romitan tuman hokimi Umedjon Barnoyev ishtirokida viloyat Oliy ta’lim muassasining Romitanlik bitiruvchi yoshlari bilan bo‘sh ish o‘rinlari asosida bitiruvchi talabalarning ishga joylashuvi yuzasidan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Muloqotda tuman hokimi o‘rinbosarlari, tegishli tashkilot, korxona rahbarlari, tuman kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi mas’ullari, tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi vakillari hamda bitiruvchi talabalar ishtirok etishdi
Bundan tashqari tuman kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi mas’ullari tomonidan bo‘sh ish o‘rinlari “Mehnat yarmarkasi” ham o‘tkazildi.

Ochiq, samimiy tarzda o‘tgan muloqot davomida tuman hokimi Romitanlik bitiruvchi yoshlarni qiziqtirgan barcha savollarga batafsil javob qaytarmoqda. Uchrashuvda mutasaddilarga yosh mutaxassislarni tegishli tashkilotlarga ishga joylashtirish bo‘yicha vazifalar yuklatildi

Shuningdek, Romitan tumanida yashaydigan hamda boshqa hududda istiqomat qilib, tumanga borib ishlash istagida bo‘lgan Buxoro davlat tibbiyot instituti bitiruvchilarini ish bilan ta’minlash imkoni mavjudligini U, Barnoyev aloxida ta’kidladi.
