Bitiruvchilarga diplomlar topshirildi
25.09.2024 2024-09-25 16:32Bitiruvchilarga diplomlar topshirildi
So’nggi yillarda mamlakatimizda oliy ta’lim tizimini rivojlantirish, ayniqsa tibbiyot oliy o’quv yurtlarida ta’lim jarayonida nufuzli xorijiy muassasalar ishtirokini ta’minlash bo’yicha qator ishlar amalga oshirildi.
Ayniqsa, Buxoro davlat tibbiyot instituti ham Rossiya, Italiya, Belorussiya, Polsha va Hindiston kabi davlatlar bilan qo’shma ta’lim dasturlari tashkil etilib, fuqarolarimiz qo’shaloq diplom beruvchi loyihalarda tahsil olishdi.
Bugun mazkur loyihalar doirasidda Hindistonning GD Goenka universiteti bilan hamkorlikda tashkil etilgan Farmatsiya yo’nalishini muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarga diplom topshirdi. Ta’kidlash joizki, mazkur yo’nalishda 2019 yilda ilk qabul boshlanganida xorijiy tilni mukammal o’zlashtirgan abituriyentlar orasidan saralangan 18 nafar talabalar bugun ikki davlat tomonidan berilgan qo’shaloq diplomni qo’lga kiritishdi.
Bitiruvchilar endilikda mamlakatimiz farmatsevtika sohasini rivojlantirishda xizmat qilish bilan birga o’zlarini ilm-fan sohasida ham izlanishlarini davom ettirishlarini bildirishdi.