“Biz giyohvandlik va narkotiklarga qarshimiz! “
05.10.2022 2022-10-06 13:39“Biz giyohvandlik va narkotiklarga qarshimiz! “
Buxoro davlat Tibbiyot institutida “Biz giyohvandlik va narkotiklarga qarshimiz! ” mavzusida talabalar bilan uchrashuv o‘tkazildi. Uchrashuvni Respublika ixtisoslashtirilgan Narkologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi viloyat ilmiy ishlar va tashqi aloqalar bo‘yicha direktor o‘rinbosari Azamat Fayziev hamda Buxoro shahar IIO FMB OTM profilaktikasi inspektori leytenant Gulbahor Odilova olib borishdi.
Bunda giyohvandlik va uning oqibatlari, zararli tomonlari to‘g‘risida so‘z bordi.
– Biz siz kabi talabalar va har bir yosh bilan suhbat o‘tkazyapmiz. Maqsadimiz giyohvandlik va uning oldini olish, uning sizni o‘ziga tobe qilishidan asrashdir. Negaki, ayanchli tomoni Buxoro shahrining o‘zida 4500 ta odam birgina alkolizm bo‘yicha ro‘yxatda turadi va nazorat qilinmoqda. Bu kichik raqam emas. Siz ham ulardan biri bo‘lmasligingiz uchun giyohvandlik va narkologiyadan uzoq bo‘ling. Bu nafaqat sog‘ligingizga balki, jamiyat va oila a’zolaringiz uchun ham ziyon. Aziz yoshlar, shuning uchun o‘zingizni va oilangizni notinchlik va og‘ir oqibatlardan asrang,- deydi Azamat Fayziev.
Tadbir so‘ngida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar va qo‘shimcha fikrlarini bildirishdi.Savollarga hayotiy misollar va voqealar asosida javob berildi.