BuxDTI matbuot xizmati Fotogalereya

Biz oitsga qarshimiz

Biz oitsga qarshimiz 1

Biz oitsga qarshimiz

Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutida “O’zbekiston Respublikasida odamning immunitet tanqisligi virusi infektsiyasi tarqalishiga qarshi kurash bo’yicha yoshlar faolligida olib boriladigan tizimli targ’ibot tadbirlari kontsepsiyasini tasdiqlash to’g’risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida OIV infeksiyasiyasi, uning yuqish yo’llari va profilaktikasi, sog’lom turmush tarzi va uning tamoyillari haqida davra suhbati tashkil qilindi.

Tadbirda  O’zb.res.IIV TKD JKX mas’ul xodimi mayor F.Utaganov, Buxoro viloyat IIB TKX JKB mas’ul xodimi kapitan G.Rajabova, Buxoro davlat tibbiyot instituti rektori Sh.Teshayev hamda talabalar ishtirok etishdi. Tadbir davomida mutaxasislar tomonidan OIV infeksiyasiyasining kelib chiqish tarixi, dunyoda, Respublikamizda, viloyatimizdagi vaziyat, yuqish yo’llari, profilaktik chora- tadbirlari to’g’risida ma’lumot berdi.