Bosh vazir o’rinbosari Buxoroda
19.07.2023 2023-07-21 9:25Bosh vazir o’rinbosari Buxoroda
Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutida “Sog‘lom ona va sog‘lom bola – mustahkam oila poydevori” mavzusida o‘tkazilgan seminarda xotin-qizlar faollari, “Oqila ayollar” harakati a’zolari, tuman tibbiyot birlashmalari va xotin-qizlar bo‘limlari hamda tegishli idoralar rahbarlari, patronaj hamshiralar ishtirok etdi.


Tadbirda Bosh vazir o‘rinbosari Zulayho Mahkamova onalik va bolalikni muhofaza qilish, reproduktiv salomatlik, sog‘lom avlodni dunyoga keltirish, mas’uliyatli ota-onalik, nogironlikning oldini olish borasida mamlakatimizda olib borilayotgan sa’y-harakatlar xususida so‘z yuritdi.


Shuningdek, seminar doirasida viloyat Reproduktiv salomatlik markazining sog‘lom ona – sog‘lom bola tamoyili asosida amalga oshirilayotgan ishlari taqdimoti bilan tanishdi.

