BuxDTI matbuot xizmati

Bugun, 15-aprel dunyoning ko’plab mamlakatlarida “Ekologik bilimlar kuni” sifatida nishonlanmoqda!

Bugun, 15-aprel dunyoning ko'plab mamlakatlarida “Ekologik bilimlar kuni” sifatida nishonlanmoqda!

Bugun, 15-aprel dunyoning ko’plab mamlakatlarida “Ekologik bilimlar kuni” sifatida nishonlanmoqda!

Bu kun 1992-yilga to‘g‘ri keladi, o‘shanda Rio-de-Janeyroda bo‘lib o‘tgan BMT konferensiyasida insoniyatning barqaror rivojlanishi strategiyasini amalga oshirishda dunyo mamlakatlari aholisining ekologik ta’limi katta ahamiyatga ega ekanligi ta’kidlangandi.

Dunyoning ko‘plab davlatlari qatori O‘zbekistonda ham ekologik ta’lim ustuvor yo‘nalishlardan biri sifatida belgilangan. Shu maqsadda mamlakatimizda Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim o‘zgarishini o‘rganish universiteti (“Green University”) tashkil etilib, aholi, ayniqsa, yosh avlod o‘rtasida ekologik madaniyatni yuksaltirish borasida qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Ta’kidlash joizki, “Ekologik bilimlar kuni” nafaqat ekologik ta’lim bilan shug‘ullanuvchilar, balki mamlakatimizning barcha aholisi uchun ham katta ahamiyatga ega. Ekologik madaniyat shakllanishi kelajak avlodlar salomatligini asrash garovidir!