BuxDTI matbuot xizmati Madaniy-ma’rifiy faoliyat Madaniy-ma’rifiy tadbirlar

Bugun “Butun jahon mehnat muhofazasi kuni”

photo_2022-04-27_08-59-01

Bugun “Butun jahon mehnat muhofazasi kuni”

Bugun Buxoro davlat tibbiyot instituti hovlisida  institut rahbariyati, professor-o‘qituvchilari, talabalar ishtirokida “28 aprel – Butunjahon mehnatni muhofaza qilish kuni”ga bag‘ishlangan muloqot tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Ushbu tadbirda mehnat faoliyati bilan bog‘liq holda yuz bergan hodisalarni va xodimlar salomatligining boshqa xil zararlanishini oldini olishga ish beruvchilar va xodimlar e’tiborini kuchaytirish, mavjud normativ-xuquqiy hujjatlarga amal qilinishi ustidan davlat va jamoat nazoratini olib borilishida ijtimoiy sheriklikni mustahkamlab, muammolarni o‘rgangan holda, tegishli qonunlarni belgilangan tartibda ishlashiga erishish haqidagi masalalar haqida FVV xodimlari ma’lumot berib o‘tdi.

Shuningdek, so‘zga chiqqan institut rektori Sh.Teshaev texnika xavfsizlik qoidalariga nafaqat ish jarayonida balki hayot davomida turmushning turli jabhalarida e’tiborli bo‘lish, birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish jarayonlarini mukammal o‘rganish haqida fikr mulohazalarini bildirib o‘tdi.