Bugun Buxoro davlat tibbiyot institutida xitoylik mehmonlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
25.09.2025 2025-09-25 16:05Bugun Buxoro davlat tibbiyot institutida xitoylik mehmonlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
Bugun Buxoro davlat tibbiyot institutida xitoylik mehmonlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
📍 Silk Road Innovation and Development Institute vakillari – Zhang Hongyan, Kun Liu, Yu Cheng va Xingwei Du institutga tashrif buyurib, Xitoy tili markazi faoliyatini rivojlantirish, videorolik tayyorlash hamda kelgusi rejalarni muhokama qildilar.

⬆️ Uchrashuvda BuxDTI xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektori Laziz Niyazov ishtirok etdi. Suhbat davomida talabalar va professor-o‘qituvchilar o‘rtasida Xitoy tilini o‘rganish imkoniyatlarini kengaytirish, uni targ‘ib qilish va samarali yo‘lga qo‘yish masalalari ko‘rib chiqildi.

💬 Xitoylik mehmonlar markaz faoliyatini yanada kengaytirish zarurligini ta’kidladilar.