BuxDTI matbuot xizmati Video galereya

Bugun — O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi qabul qilingan kun

madhiya-haqida-sher

Bugun — O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi qabul qilingan kun

Madhiya — milliy g‘ururimiz, istiqlolimiz va istiqbolimiz timsoli. Mustaqillik va birdamligimiz ramzi. Uni tinglaganda ham, kuylaganda ham qalblarimizda Vatanga muhabbat va sadoqat tuyg‘ulari yanada jo‘sh uradi, shu yurtning farzandi ekanimizdan iftixor tuyamiz.

O‘zbekistonning har tongi yurtimizning kuch-qudrati, xalqimizning aql-zakovati, ajdodlarimizning shon-shuhrati va avlodlarimizning yorug‘ kelajagini sharaflovchi ana shu tarona bilan boshlanadi.

Mana, bugun yana bir osuda tongni qarshi oldik. Bu xalqimizning mangu qo‘shig‘i — madhiyamiz yaralgan kun. U yana bir karra bizni Vatanimizdan g‘ururlanishga, uni sevishga, mustaqilligimizni yanada mustahkamlashga chorladi.