BuxDTI matbuot xizmati

Bugun xalqaro talabalar kuni

photo_2022-11-19_09-45-30

Bugun xalqaro talabalar kuni

Birinchi talabalar kuni qachondan nishonlana boshlandi.

▪️1939 yil 28 oktabrda fashistlar tomonidan bosib olingan Chexiyada, Praga talabalari va o‘qituvchilari, Chexoslovakiya tashkil topgan kunnini nishonlash maqsadida yurish qiladi. Ishg‘ol kuchlari namoyishni tarqatish jarayonida, tibbiyot talabasi o‘qdan yaralanadi. Uni darhol operatsiya qiladi ammo 11 noyabr kuni vafot etadi. 15 noyabr kuni dafn marosimi bo‘lib o‘tadi va u norozilik namoyishiga aylanadi. O‘nlab namoyishchilar hibsga olinadi.

17 noyabr kuni erta tongda nemislar talabalar yotoqxonalarini o‘rab olishadi. 1200 dan ortiq talabalar hibsga olinib, konslagerga jo‘natildi. To‘qqiz nafar talabalar harakati faollari qamoqxonada qatl etildi. Ikki yil o‘tgach, 1941 yilda Londonda natsizmga qarshi kurashayotgan talabalarning xalqaro uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Chexoslovakiya kommunisti Otto Shlingning taklifi bilan ushbu sanani har yili qurbonlar sharafiga Talabalar kuni sifatida nishonlashga qaror qilindi.