BuxDTI matbuot xizmati

BuxDTI delegasiyasi Tojikiston poytaxtida

photo_2023-09-14_18-18-08

BuxDTI delegasiyasi Tojikiston poytaxtida

13-sentabr kuni Tojikiston Milliy universitetida Markaziy Osiyo davlatlari oliy kasbiy ta’lim muassasalari rektorlarining ikkinchi forumi o’z ishini boshladi. Mazkur forumda abu Ali ibn sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti rektori Shuhrat Teshayev boshchiligidagi delegasiyamiz ham ishtirok etmoqda.

Forum 2023-yilning 14-15-sentabr kunlari Dushanbe shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilgan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining beshinchi yubiley maslahat uchrashuvi doirasida bo‘lib o‘tadi.

Forumda Markaziy Osiyo davlatlari taʼlim vazirlari, Tojikiston, Qozogʻiston, Oʻzbekiston, Turkmaniston va Qirgʻiziston oliy taʼlim muassasalari rektorlari ishtirok etib, fan va taʼlim sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalarini muhokama qiladilar.

Forum mazkur mamlakatlar o‘rtasida ta’lim va ilm-fan sohasidagi hamkorlikni kengaytirish, o‘qituvchi va talabalar almashinuvini oshirish imkonini bermoqda.

Eslatib oʻtamiz, Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining beshinchi maslahat uchrashuvi va Orolni qutqarish xalqaro jamgʻarmasi taʼsischi davlatlari rahbarlari kengashining navbatdagi majlisi 2023-yilning 14-15-sentabr kunlari Dushanbe shahrida boʻlib oʻtadi.