BuxDTI matbuot xizmati

BuxDTI Italiyaning Milan universitetida bilan hamkorlik qiladi

photo_2022-10-08_15-11-29

BuxDTI Italiyaning Milan universitetida bilan hamkorlik qiladi

Ayni paytda Buxoro davlat tibbiyot instituti rektori Shuxrat Teshaev boshchiligidagi institut vakillari Italiyaning Milan shahrida bo‘lib turibdi. Safardan asosiy maqsad Kasbiy va atrof-muhit salomatligi bo‘yicha magistratura dasturlarini uyg‘unlashtirish va o‘zaro tan olishga qaratilgan yirik grant loyiha – HARMONEE (Harmonization and mutual recognition of MSc programmes in Occupational and Environmental Health)ning yig‘ilishida ishtirok etish bo‘ldi. Ta’kidlash joizki, 2023 yilgacha davom etadigan mazkur loyihada Markaziy Osiyoning besh davlati, Gollandiya va Italining nufuzli universitetlari ishtirok etishmoqda,

Markaziy Osiyo mamlakatlaridagi mavjud ehtiyojlar va kamchiliklardan kelib chiqqan holda aholi salomatligiga oid bilim va amaliyotlarni takomillashtirish, atrof-muhit epidemiologiyasi, toksikologiya, yuqumli kasalliklar, ta’sir qilish fanlari, mehnat salomatligi, magistratura talabalari uchun xavflarni baholash kabi jamoat salomatligida zarur bo‘lgan intizom ko‘nikmalarini mustahkamlash uchun yangi modullarni ishlab chiqish masalalri muhokama qilindi.

Bundan tashqari, safar davomida vakillarimiz Yevropaning nufuzli oliygohi sanaladigan Milan universiteti o‘quv va amaliyot jarayonlari bilan tanishdi. Kelgusida Buxoro davlat tibbiyot instituti o‘rtasida hamkorlik aloqalarini rivojlantirish maqsadida muzokaralar olib borildi. Akademik mobillik, talabalar almashinuvi hamda Epidemiologiya va yuqumli kasalliklar bo‘yicha magistratura yo‘nalishida qo‘shma ta’lim dasturlarini tashkil etish bo‘yicha hamkorlik memorandumi imzolandi.