BuxDTI magistrantlariga diplomlar topshirildi
18.07.2022 2022-07-21 9:36BuxDTI magistrantlariga diplomlar topshirildi
Kuni kecha Buxoro davlat tibbiyot instituti magistrantlariga diplom topshirish marosimi o‘tkazildi.
Tadbirda institut rahbariyati, professor-o‘qituvchilar va xodimlar, OAV vakillari, ota-onalar ishtirok etishdi.
Tadbirni institut prorektori Zubayda Bahranova kirish so‘zi bilan ochib berib, oliy ta’lim tizimida bakalavr hamda magistratura bosqichining o‘rni va ahamiyati haqida to‘xtalib o‘tdi. Tibbiyot oliy ta’limida 10 yilga yaqin vaqtini jamlagan sharafli ilm yo‘lini bosib o‘tgan bitiruvchilarga hayotlaridagi muhim bosqich yakunlanayotganligi bilan tabriklab, ularga muvaffaqiyat va kasbiy sohalarida omad tiladi.
Ma’lumot uchun:
Joriy yilda institutni magistratura yo‘nalishida bitiruvchilar soni 68 nafarni tashkil etib, shundan 49 nafari davolash ishi, 19 nafari stomatologiya yo‘nalishi bo‘yicha tahsil olishdi. Magistrlardan 12 nafari xorijiy tilni bilish darajasi bo‘yicha IELTS certifikatiga ega.