BuxDTI matbuot xizmati Konferensiya

BUXDTI PROFESSOR-O‘QITUVCHILARI XITOJDAGI XALQARO ILMIY-AMALIY ANJUMANDA ISHTIROK ETMOQDA

c7d79804-23d0-421d-b2b5-2164c6222eee

BUXDTI PROFESSOR-O‘QITUVCHILARI XITOJDAGI XALQARO ILMIY-AMALIY ANJUMANDA ISHTIROK ETMOQDA

​Xitoy Xalq Respublikasining Sian shahridagi Sian Jiaotong universiteti Xi’an Jiaotong (西安交通大学) klinikasida ginekologiyada minimal invaziv va robotlashtirilgan jarrohlik yo‘nalishlariga bag‘ishlangan xalqaro konferensiya hamda mahorat darslari bo‘lib o‘tmoqda.
​Ushbu xalqaro ilmiy-amaliy tadbirda Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti professor-o‘qituvchilari — Mastura Nurullayevna Nematillayeva, Sanjar Nasridinovich Rabiev, L. Tursunov va dotsent Doston Qahramonovich Qurbonov ishtirok etmoqda.

​Tadbir doirasida ishtirokchilar ginekologik laparoskopiya va minimal invaziv jarrohlikning zamonaviy usullari, robotlashtirilgan jarrohlik texnologiyalari hamda ularni klinik amaliyotga tatbiq etish masalalari bo‘yicha ilg‘or tajribalar bilan tanishmoqda. Shuningdek, xalqaro ekspertlar rahbarligida o‘tkazilayotgan amaliy mashg‘ulotlar va jarrohlik amaliyotlarida ishtirok etish orqali kasbiy bilim va amaliy ko‘nikmalarini yanada takomillashtirish imkoniyatiga ega bo‘lmoqda.
​Bunday xalqaro ilmiy hamkorlik tibbiyot sohasidagi ilg‘or texnologiyalarni o‘rganish, mutaxassislarning malakasini oshirish hamda zamonaviy jarrohlik usullarini mahalliy tibbiyot amaliyotiga joriy etishda muhim ahamiyat kasb etadi.

​Abu Ali Ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti axborot xizmati