BuxDTI rahbariyati ko‘zi ojizlar jamiyatida
15.04.2023 2023-04-15 15:12BuxDTI rahbariyati ko‘zi ojizlar jamiyatida
Mohi Ramazonda ado etiladigan solih amallar evaziga mo‘min-musulmonlar juda katta ajr-savoblarga erishadilar.
Saxovatpesha, qo‘li ochiq insonlarimiz nogironlar, yolg‘iz keksalar, boquvchisini yo‘qotgan kishilar hamda kam ta’minlangan oilalarga mehr-muruvvat ulashadilar. Bemorlar holidan xabar olib, ko‘ngillarini ko‘taradilar.

Shunday ezgu amallardan institut jamoasi ham chetda qolmayapti.
Bugun institutning Yoshlar bilan ishlash va ma’naviyat ishlari bo‘yicha birinchi prorektori Zubayda Bahronova boshchiligidagi jamoa Buxoro viloyati ko‘zi ojizlar jamiyatida bo‘lib, rektor sovg‘asini topshirishdi.
