BuxDTI matbuot xizmati

BuxDTI rektori yoshlar muammolariga yechim izlamoqda

photo_2023-07-15_11-40-40

BuxDTI rektori yoshlar muammolariga yechim izlamoqda

Davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan mazkur g‘oya bugungi kunda yoshlarning hayotda o‘z o‘rnini topishi uchun sharoitlar yaratish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga imkon yaratmoqda.

Doimiy xabar berib borilayotganidek, Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti rektori professor Shuxrat Teshayevga biriktirilgan Shofirkon tumanida istiqomat qiliuvchi qizil toifaga kiruvchi yoshlar muammo va masalalarini muntazam o’rganib kelmoqda. Bugun institut prorektori boshchiligidagi noogironligi bo’lgan Sabina Zaripova xonadonida bo’ldi.
Bu qiz oyoqlardagi nuqsonni bartaraf etish uchun jarrohlik amaliyotiga muhtoj. Sh.Teshayev bilan o‘tkazilgan uchrashuvdan so‘ng Sabina tibbiy amaliy yordam uchun shiifokor professor M.O‘rinov xususiy klinikasiga yotqizildi.

Onasiga nogironlik nafaqasini to‘lash masalasida Shofirkon tibbiyot birlashmasiga yo‘naltirildi va kiyim-kechaklar olib berildi. Yoshligidan shifokor bo‘lishni orzu qilgan Sabina sog‘lig‘idagi muammoga qaramay tikuvchilik hunarini ham o‘rganganligi agar bir dona tikuv mashinasi bo‘lsa yaxshi tikuvchi bo‘lish istagi borligini inobatga olib tikuv mashinasi ham yetkazib berildi. Endi u onasining tikuvchi qizi. Sabinaning shifokorlik kasbini egallash uchun ham zaruriy yordamlar berish rejalashtirildi.

Shuningdek, shofirkonlik yana bir yosh – Olimjonova Azizaga Toshkent shahrida bepul salomatligini tiklash buyicha ham yordam berilishi tashkillashtirilmoqda.