BUXDTI TALABASI XALQARO ANTOLOGIYA MUALLIFLARIDAN BIRI BO‘LDI
26.10.2026 2026-10-25 16:05BUXDTI TALABASI XALQARO ANTOLOGIYA MUALLIFLARIDAN BIRI BO‘LDI
Buxoro davlat tibbiyot instituti talabasi Raxmonova Gulzoda Sodiq qizi muallifligida “Ma’rifat mash’ali” nomli xalqaro antologiya-kitobi nashr etildi. Kitob “India Teamer Publication” nashriyoti va Alfraganus universiteti hamkorligida chop etilgan.
Antologiyadan 20 ga yaqin talabaning ilmiy maqolalari o‘rin olgan. Loyiha yoshlarning ilmiy izlanishlarini ommalashtirish va ular o‘rtasida tajriba almashishni rivojlantirishga qaratilgan.
Gulzoda Raxmonovaning ilmiy rahbari — Buxoro davlat tibbiyot instituti Patologik fiziologiya va anatomiya kafedrasi mudiri, tibbiyot fanlari doktori Muslima Abdullayeva.



Abu Ali Ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti axborot xizmati