BuxDTI va Burdur Mehmet Akif Ersoy Universiteti o‘rtasida hamkorlik yo‘lga qo‘yilаdi
17.06.2025 2025-06-18 11:57BuxDTI va Burdur Mehmet Akif Ersoy Universiteti o‘rtasida hamkorlik yo‘lga qo‘yilаdi
BuxDTI va Burdur Mehmet Akif Ersoy Universiteti o‘rtasida hamkorlik yo‘lga qo‘yilаdi
2024-yilning 16–19-iyun kunlari Istanbul shahrida nufuzli “Times Higher Education” (THE) agentligi tomonidan tashkil etilgan “Global Sustainable Development Congress” – Barqaror rivojlanish bo‘yicha xalqaro kongress bo‘lib o‘tmoqda. Mazkur xalqaro anjumanda iqlim o‘zgarishi, inklyuzivlik, ta’lim tizimining barqaror rivojlanishdagi o‘rni, raqamli transformatsiya, ilm-fan va jamiyat manfaatlari kabi muhim yo‘nalishlarda panel sessiyalar, seminarlar hamda ochiq muloqotlar tashkil etilgan.

Ushbu kongressda ishtirok etgan Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti prorektori Laziz Niyazov Turkiyaning qator nufuzli oliy ta’lim muassasalari vakillari bilan muloqotlar olib bordi. Xususan, Burdur Mehmet Akif Ersoy Universiteti (MAKÜ) bilan ikki tomonlama hamkorlik memorandumi imzolandi.

🤝 Endilikda BuxDTI va MAKÜ o‘rtasida quyidagi yo‘nalishlarda hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi:
Ilmiy va ma’muriy xodimlar almashinuvi;
Talabalar almashinuvi va ularni joylashtirish;
Dissertatsiya ishlarini olib borish;
Hamkorlikdagi ilmiy loyihalarni amalga oshirish;
Ma’ruzalar, simpoziumlar, kongresslar, konferensiyalar tashkil etish;
Akademik ma’lumot va materiallar almashinuvi;
O‘zaro manfaatli ilmiy va madaniy sohalarda doimiy hamkorlikni rivojlantirish.
📌 Ma’lumot uchun: Burdur Mehmet Akif Ersoy Universiteti (MAKÜ) — Turkiyaning janubi-g‘arbida, Burdur shahrida joylashgan davlat oliy o‘quv yurti bo‘lib, 2006-yilda tashkil etilgan. Universitetda 30 mingga yaqin talaba, 1000 dan ortiq professor-o‘qituvchi faoliyat yuritadi.

MAKÜ 2025-yilgi Times Higher Education reytingida 1501+ o‘rinni egallagan. Ta’lim, sog‘liqni saqlash, veterinariya, qishloq xo‘jaligi, muhandislik va ijtimoiy fanlar yo‘nalishlarida ixtisoslashgan. Universitet Erasmus+, Mevlana va boshqa xalqaro dasturlar orqali 40 dan ortiq davlat bilan hamkorlik qiladi.
