BuxDTI matbuot xizmati

BuxDTI va Peoplehive LLC kompaniyalarining xalqaro talabalariga navbatdagi bitiruvchilar sertifikatlarini topshirish marosimi bo’lib o’tdi.

BuxDTI va Peoplehive LLC1

BuxDTI va Peoplehive LLC kompaniyalarining xalqaro talabalariga navbatdagi bitiruvchilar sertifikatlarini topshirish marosimi bo’lib o’tdi.

Mazkur marosimda, MBBS guruhidan 20 nafar talaba General Medicine yo’nalishidan 14 nafar talaba bitiruvchilar qatoriga qo’shildi. Peoplehive kompaniyasi 2019-yildan buyon xalqaro talabalarni BuxDTIga jalb qilish bilan shug’ullanib kelmoqda va hozirga qadar 500 dan ortiq talaba ushbu imkoniyatdan foydalangan. Birinchi bitiruvchilar 2022-yilda 25 nafar, 2023-yilda 70 nafar, 2024-yilda esa 35 nafar talaba BuxDTIning tibbiyot fakultetini tamomlab, o’z yurtlariga shifokorlik diplomini olib qaytishdi.