BuxDTIda harbiy vatanparvarlik oyligi doirasida tadbir tashkil etildi.
10.01.2024 2024-01-15 11:50BuxDTIda harbiy vatanparvarlik oyligi doirasida tadbir tashkil etildi.
BuxDTIda harbiy vatanparvarlik oyligi doirasida tadbir tashkil etildi.
Bugun, 10 yanvar kuni Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutida O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirining Tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosarining 2024 yil 4 yanvar kundagi “Respublikamizda joylashgan tibbiyot oliygohlarida Vatanparvarlik oyligi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy tibbiyot akademiyasi uchun targ‘ibot tadbirlarini tashkillashtirish to‘g‘risida”gi buyrug‘i ijrosini taʼminlash maqsadida Davolash fakultetining 5-bosqich talabalari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari tashkil etilishi hamda armiyamizning bugungi salohiyati haqida so‘z yuritildi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Harbiy tibbiyot akademiyasi Jangovar jarrohlik patologiyasi kafedrasi mudiri podpolkovnik Jamoliddin Abdusamatov va Buxoro viloyatidagi MV harbiy qismi tibbiyot bo’limi boshligi podpolkovnik Bobojon Elmurodov va shu harbiy qism shifokori Javohir Vakilov tomonidan talabalarga akademiyaning tarixi, faoliyati hamda unda yaratilgan imkoniyatlar va talabalarga beriladigan imtiyozlar haqida maʼlumotlar berildi.
Akademiyada o‘qish istagida bo‘lgan talabalar bilan suhbatlar tashkil etildi.