BUXDTIDA KITOBXONLIK TO‘GARAGI FAOLIYATI YO‘LGA QO‘YILGAN
26.10.2026 2026-10-25 21:33BUXDTIDA KITOBXONLIK TO‘GARAGI FAOLIYATI YO‘LGA QO‘YILGAN
Buxoro davlat tibbiyot institutining yangi talabalar turar joyida har haftaning shanba kuni talabalar uchun kitobxonlik to‘garagi tashkil etilmoqda.
To‘garakdan ko‘zlangan maqsad — talabalar o‘rtasida kitob mutolaasi madaniyatini yuksaltirish, ularning dunyoqarashi va tafakkurini boyitish hamda yoshlarni muntazam kitob o‘qishga undashdan iborat.
Kitobxonlik mashg‘ulotlari talabalarning bilimini oshirish, mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantirish va ma’naviy kamolotiga xizmat qiladi.
Kitob — tafakkur manbai, ma’naviyat chirog‘i!




Abu Ali Ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti axborot xizmati