BUXDTIDA “O‘ZBEK TILI – QALBIM TARJIMONI” MAVZUSIDA KO‘RIK-TANLOV O‘TKAZILDI
02.10.2026 2026-10-04 21:43BUXDTIDA “O‘ZBEK TILI – QALBIM TARJIMONI” MAVZUSIDA KO‘RIK-TANLOV O‘TKAZILDI
BUXDTIDA “O‘ZBEK TILI – QALBIM TARJIMONI” MAVZUSIDA KO‘RIK-TANLOV O‘TKAZILDI
Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti O‘zbek tili va adabiyoti, rus va ingliz tillari kafedrasida xorijiy talaba-yoshlar o‘rtasida “O‘zbek tili – qalbim tarjimoni” respublika ko‘rik-tanloviga bag‘ishlangan tadbir tashkil etildi.
Tadbirning asosiy maqsadi xorijiy talabalarning o‘zbek tiliga bo‘lgan qiziqishini oshirish, davlat tilining nufuzi va xalqaro miqyosdagi o‘rnini mustahkamlash, shuningdek, o‘zbek tili va milliy qadriyatlarimizni keng targ‘ib etishdan iborat.
Unda institutda tahsil olayotgan xorijiy talabalar faol ishtirok etib, o‘zbek tilidagi bilim va ko‘nikmalarini namoyish etdilar. Ishtirokchilar o‘zbek tilida she’r va hikoyalar aytish, milliy qadriyatlarimiz hamda urf-odatlarimizni targ‘ib qilish, o‘zbek adabiyoti namunalari bilan tanishtirish kabi yo‘nalishlarda o‘z iqtidorlarini namoyon etdilar.


Tadbir davomida xorijiy talabalar o‘zbek tilini o‘rganishga bo‘lgan qiziqishlari, xalqimizning boy madaniyati va milliy qadriyatlariga bo‘lgan hurmatlarini namoyish etdilar.
Mazkur tadbir xorijiy talabalar o‘rtasida o‘zbek tiliga mehr va qiziqishni yanada oshirish, millatlararo do‘stlik hamda madaniy hamjihatlikni mustahkamlashga xizmat qildi.
O‘zbek tili — qalblarni birlashtiruvchi, xalqlarni yaqinlashtiruvchi bebaho ma’naviy boylik!


Abu Ali Ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti axborot xizmati