BuxDTI matbuot xizmati

BUXDTIDA “QALQON” JAMOATCHILIK GURUHI SHAKLLANTIRILDI

04717ee3-430b-4467-98e1-56be3cb85df9

BUXDTIDA “QALQON” JAMOATCHILIK GURUHI SHAKLLANTIRILDI

Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutining faol, jismonan baquvvat va tashabbuskor talabalari orasidan saralab olingan yoshlar ishtirokida “Qalqon” jamoatchilik guruhi shakllantirildi.

​Jamoaning asosiy vazifasi — institut hududi va talabalar turar joylarida jamoat tartibini saqlash, xavfsizlikni ta’minlashga ko‘maklashish hamda huquqbuzarliklarning oldini olishdan iborat.
​“Qalqon” a’zolari talabalar o‘rtasida ichki tartib-qoidalarga rioya etilishini targ‘ib qiladi, xavfli holatlarni barvaqt aniqlash va tegishli mas’ullarga xabar berishda ko‘maklashadi.
​Shuningdek, jamoa institut rahbariyati hamda profilaktika inspektori bilan hamkorlikda talabalarning xavfsizligi va osoyishtaligini ta’minlashga hissa qo‘shadi.

​Abu Ali Ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti axborot xizmati