BuxDTI matbuot xizmati

BuxDTIda Ramazon Hayiti arafasida talabalarga mehmondo‘stlik ko‘rsatildi

BuxDTIda Ramazon Hayiti arafasida talabalarga mehmondo‘stlik ko‘rsatildi1

BuxDTIda Ramazon Hayiti arafasida talabalarga mehmondo‘stlik ko‘rsatildi

Buxoro davlat tibbiyot instituti (BuxDTI)da Ramazon hayiti munosabati bilan ezgu tashabbuslar amalga oshirilmoqda. 2025-yil 27-mart kuni institutning 1-Pediatriya, 2-Pediatriya, Bolalar kasalliklari propedevtikasi va Nevrologiya kafedralari jamoasi talabalar turar joyida bo‘lib, hayit arafasida talabalar uchun bayram dasturxoni yozdi.

Tadbir davomida ustozlar talabalar bilan samimiy suhbat qurib, ularning holidan xabar oldilar. Ushbu xayrli tashabbus davomida mehmondo‘stlik va mehr-oqibat ramzi sifatida talabalar uchun osh tortildi. Institut jamoasi Ramazon hayiti kabi qutlug‘ kunlarda mehr-muruvvat va saxovat ko‘rsatish an’analarini davom ettirish muhimligini ta’kidlashdi.

Bunday tadbirlar talabalar o‘rtasida iliq muhit yaratish, ustoz va shogird o‘rtasidagi bog‘liqlikni mustahkamlash, shuningdek, milliy va diniy qadriyatlarni ulug‘lashga xizmat qiladi.