BuxDTI matbuot xizmati

BuxDTIning Turkiyalik mutaxassislari Buxoroda jarrohlik amaliyotlarni bajarmoqda

f3debdf661ecfb69b983a

BuxDTIning Turkiyalik mutaxassislari Buxoroda jarrohlik amaliyotlarni bajarmoqda

Mamlakatimizda so‘nggi yillarda muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev tashabbusi bilan tibbiy ta’limni rivojlantirishga doir qator takliflar ilgari surilib amaliyotda joriy qilinmoqda. Ayniqsa, tibbiyot oliygohlarin dunyodagi nufuzli universitetlar bilan hamkorlik qilishiga yo‘l ochilishi sohadagi ijobiy o‘zgarishlarga zamin yaratmoqda. Sohani rivojlantirishda dunyoning eng ilg‘or va shu soha rivojlanayotgan davlatlar bilan keng hamkorlik aloqalari rivojlanib bormoqda. Jumladan, hozirgi paytda Rossiya, Germaniya, Turkiya, Xitoy kabi davlatlar bilan tizimni rivojlantirishning yangi bosqichga olib chiqish jarayonlari yo‘lida hamkorlik aloqalari olib borilayotir.

2019 yilda Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutida Turkiyaning Sog‘liq bilimlari universiteti to‘rtta yo‘nalishda qabul jarayonlarini boshlagan edi. Bugungi kunga kelib institutning Xalqaro Turkiya fakultetida to‘rtta yo‘nalish bo‘yicha 600 nafarga yaqin talaba tahsil olmoqda. Ularga ikki davlatning nufuzli professor-o‘qituvchilari tibbiyot sirlarini o‘zlashtirishiga ko‘mak berib kelmoqda.

Ta’kidlash joizki, institut talabalariga xorijdan kelib dars berayotgan malakali professorlar bir vaqtning o‘zida amaliy mashg‘ulotlar o‘tish orqali yurtimizdagi tibbiy jarayonlarda ham ishtirok etmoqda. Kuni kecha bir guruh olimlar Buxoro shahridagi tibbiyot muassasida bo‘lishdi.

– Bugun ana shu mutaxassislardan bir guruhi – turkiyalik shifokor professori Suleyman Salman SBU talabalariga mahorat darslari o‘tkazish bilan birga Buxoro viloyat perinatal markazida tibbiy ko‘riklar o‘tkazdi, – deydi Xalqaro Turkiya fakulteti dekani Nilufar Axmedova, – Markazda buxorolik soha mutaxassislari va institut  shifokor-o‘qituvchilari bilan birgalikda yuqori texnologik kaminvaziv laparoskopik jarrohlik amaliyoti bajarishdi.

Ma’lum qilinishicha, bundan jarayonlar muntazam amalga oshirib kelinadi. Jumladan, 31 mart kuni ham aynan Perinatal markazda turkiyalik shifokorlar bir qancha ayollarda ginekologik jarrohlik amaliyotlarini o‘tkazishadi. Bu esa, mahalliy vrachlar va talabalar uchun mahorat darsi sifatida tajriba orttirishga xizmat qiladi.