BUXDTIDA HIND MADANIYATI VA AN’ANALARIGA BAG‘ISHLANGAN NAVRATRI BAYRAMI NISHONLANDI
23.10.2026 2026-10-25 14:53BUXDTIDA HIND MADANIYATI VA AN’ANALARIGA BAG‘ISHLANGAN NAVRATRI BAYRAMI NISHONLANDI
BUXDTIDA HIND MADANIYATI VA AN’ANALARIGA BAG‘ISHLANGAN NAVRATRI BAYRAMI NISHONLANDI
Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutida hindistonlik talabalar ishtirokida Navratri bayrami nishonlandi. Bugungi kunda institutda 1500 nafardan ortiq hind millatiga mansub talabalar tahsil olmoqda. Ularning milliy qadriyatlari, urf-odatlari va an’analarini asrab-avaylash, o‘z madaniyatini erkin namoyon etishi uchun institutda zarur sharoitlar yaratilgan.
Bayram tadbirida institut rektori Shuhrat Teshayev, prorektorlar, hindistonlik talabalar hamda professor-o‘qituvchilar ishtirok etdi.







Navratri — hind xalqining qadimiy bayramlaridan biri bo‘lib, ezgulikning yovuzlik ustidan g‘alabasini ifodalaydi. Bayram davomida hind xalqining milliy urf-odatlari, an’analari va madaniy qadriyatlari namoyish etildi.
Bunday tadbirlar turli millat vakillari o‘rtasida do‘stlik va o‘zaro hurmatni mustahkamlash, talabalar uchun do‘stona muhit yaratish hamda madaniyatlararo muloqotni rivojlantirishga xizmat qiladi.






Abu Ali Ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti axborot xizmati