BuxDTI matbuot xizmati

Buxoro davlat tibbiyot instituti AQShning nomdor universiteti bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ymoqda

photo_2023-02-07_17-20-46

<strong>Buxoro davlat tibbiyot instituti AQShning nomdor universiteti bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ymoqda</strong>

Bir necha yildan buyon Amerika Qo‘shma Shtatlarining Vebster universiteti filiali yurtimizda faoliyat ko‘rsatmoqda.

Bugun okean ortidan mamlakatimizga tashrif buyurgan mazkur universitet professorlari ko‘hna va navqiron Buxoro shahriga mehmon bo‘lishdi.

Vebster universiteti professorlari Daniel Myuller va Duglas Uitman universitetning Toshkentdagi filiali direktori Rasul Rahmonov va Sherzod Mamatovni Buxoro temir yo‘l vokzalida BuxDTI rektori Shuxrat Teshayev va prorektor Laziz Niyazov kutib olishdi.

Mehmonlar institutning yangi kampusida bo‘lib, Simulyatsion markaz, klinika, talabalar turar joyi va sport kompleksi bilan tanishib, oliygoh faoliyatini yuqori baholadi.

Muzokaralarda ma’lum qilinishicha, ushbu universitet Jahondagi yetakchi oliy ta’lim muassasi sanaladi. Unda ta’lim, tadqiqot va menejment sohasi o‘qitilishi yaxlit tarzda olib boriladi.

Ikki tomonlama olib borilgan muloqotga ko‘ra Vebster universiteti O‘zbekistondagi tibbiyot oliy ta’lim muassasalarida boshqaruv menejment yo‘nalishida qo‘shma hamkorlik dasturini ochishni rejalashtirilgan. Magistratura yo‘nalishidagi mazkur dastur, dastlab poytaxtdagi Vebster universitetida tashkil etilib, sog‘liqni saqlash sohasidagi rahbar kadrlarni tayyorlaydi.

Ta’kidlash joizki, bunday yirik loyihaar kelgusida Buxoro davlat tibbiyot institutida ham tashkil etilishi ko‘zda tutilganligi har tomonlama manfaatli bo‘ladi.

Uchrashuv so‘nggida institut rektori Shuhrat Teshaev amerikalik mehmonlarga oliygoh ramzi aks etgan sovg‘alar taqdim qildi. Shuningdek, Buxoro shahrining tarixiy joylarini ko‘zdan kechirishdi.