Buxoro davlat tibbiyot instituti AQShning nufuzli muassasalari bilan hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘ydi
17.05.2023 2023-05-18 17:06Buxoro davlat tibbiyot instituti AQShning nufuzli muassasalari bilan hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘ydi

Buxoro davlat tibbiyot instituti AQShning nufuzli muassasalari bilan hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘ydi
O‘tgan haftada O‘zbekiston Cog‘liqni saqlash vaziri Amrillo Inoyatov boshchiligidagi delegatsiyaning AQShga safari bo‘lib o‘tdi. Vazir boshchiligidagi vakillarimiz orasida Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti rektori Shuxrat Teshaev ham “okean orti”dagi nufuzli universitetlar, tibbiyot va ta’lim muassasalarida bo‘lib bir qancha manfaatli kelishuv, shartnoma va memoriandumlar imzoladi.





Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning 2018 yil may oyida AQShga rasmiy tashrifi davomida ikki hukumat o‘rtasida ingliz tilini o‘qitish hamda oliy ta’lim va ilmiy tadqiqotlar sohalarida hamkorlik to‘g‘risida ikkita anglashuv Memorandumi imzolangan edi. Mazkur delegatsiyaning AQShga safari ham ta’lim va tibbiyotning rivojlantirishda ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish yo‘lida asosiy ko‘prik vazifasini o‘tashi kutilmoqda.\



Ta’kidlash joizki safar davomida Shuxrat Teshaev BuxDTIning Amerika Qo‘shma Shtatlari quyidagi muassasalari bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatishga erishdi:
– Sent Luis universiteti;
– Vebster universitet;
– Janubiy Karolina tibbiyot universiteti;
– Garvard universiteti;
– Kolumbiya universiteti;
– Nebraska universiteti;
– Michigan universiteti
hamda “Cardio-thoracic surgery program of the Carromont hospital” bilan anglashuv memorandumi imzolandi.




Kelishuvlar amalga oshirilishi natijasida talabalar, o‘qituvchilar va tadqiqotchilarning akademik almashinuvi, malaka oshirish, qisqa muddatli va uzoq muddatli amaliyotlar, kasbiy, ilmiy, bakalavriat, pedagogik amaliyotlar o‘talishi, qo‘shma konferensiyalar, seminarlar, simpoziumlar, davra suhbatlari, tomonlarga bag‘ishlangan kunlar va boshqa tadbirlarni o‘tkazish, ta’lim va madaniy tashabbuslar, birgalikdagi ish natijalari bo‘yicha ilmiy-tadqiqot, o‘quv va uslubiy materiallarni nashr etish, Tomonlar ega bo‘lgan ta’lim va tadqiqot dasturlari doirasida grantlar olish uchun qo‘shma arizalarni tayyorlash kabi ustuvor va muhim yo‘nalishlarda yirik loyihalar amalga oshiriladi.

Mamlakatimizning AQSh bilan samarali hamkorligining yana bir yorqin namunasi – bu Toshkentda Vebster universiteti markazining ochilishidir. Hozirda, unda bir qancha mutaxassisliklar bo‘yicha bakalavr va magistratura dasturlari amalga oshirilyapti. Shuxrat Teshaev safar davomida mazkur universitet rahbariyati bilan uchrashib, kelgusida “Tibbiy biologiya” (3+1), “Oliy hamshiralik ishi” ixtisosliklari bo‘yicha bakalavriatning qo‘shma ta’lim dasturini yo‘lga qo‘yish hamda “Menejment” mutaxassisligi bo‘yicha magistraturaning qo‘shma ta’lim dasturini ishga tushirish yuzasidan hamkorlik shartnomasi imzoladi. Endilikda, yangi o‘quv yilidan boshlab, Vebster universiteti bilan ham qo‘shma ta’lim dasturi ish boshlaydi.
Shu bilan birga, rektor Sh.Teshaev AQSh oliy ta’lim muassasalari bilan tibbiyot sohasidagi fanlarni rivojlantirish, o‘qitishda yangicha yangicha ndashuvlarni joriy qilish kabi masalalardan manfaatdor ekanligini bildirdi. Hamkorlik shartnomalariga ko‘ra, Buxoro davlat tibbiyot instituti Nebraska universiteti bilan “Tibbiy biologiya” ixtisosligi bakalavriat, “Menejment” mutaxassisligi bo‘yicha magistraturada qo‘shma ta’lim dasturini, dunyoning eng nufuzli Garvard universiteti bilan Oilaviy shifokorlar va shifokor-laborantlar orasidan genetik mutaxassislarni tayyorlash (6 oylik kurslar), Sent Luiz universiteti bilan travmatologiya va ortopediya bo‘yicha mutaxassislarning malakasini oshirish va kasbiy qayta tayyorlash – rezidentura dasturini amalga oshirishga kirishdi.
O‘z navbatida delegatsiyaga rahbarlik qilgan vazir Amrillo Inoyatov tomonlarning birgalikdagi sa’y-harakatlari tufayli talabalarga ta’lim berish va professor-o‘qituvchilar bilan tajriba almashish uchun bir qator amerikalik olim va mutaxassislarni jalb qilish ishlarida omadlar tiladi.
Ikki tomon hamkorlik qilayotgan sohalarda oliy ta’lim muassasalarining sheriklik dasturlari orqali amerikalik va o‘zbekistonlik hamkasblar bilan birlashtirib, kelgusida tibbiyot sohasining barcha bo‘g‘inlari: nazariya va amaliyot jarayonlarida birgalikda faoliyat yuritishga kelishishdi.