BuxDTI matbuot xizmati

Buxoro davlat tibbiyot instituti Buyuk Britaniya bilan hamkorlik qiladi

photo_2022-05-05_10-28-47

Buxoro davlat tibbiyot instituti Buyuk Britaniya bilan hamkorlik qiladi

Bugun yurtimizga mehmon bo‘lib turgan Buyuk Britaniyaning Liberal-demokratik partiyasi tashkiliy qo‘mitasi a’zosi, Birlashgan Qirollik hamdo‘stligining tadbirkorlar klubi xalqaro masalalar bo‘yicha raisi Kishan Divani va Britaniyaning “EdLogica” kompaniyasi bosh direktori Vishal Joshi bilan institut rahbariyatining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv muloqoti chog‘ida bir qancha o‘zaro  hamkorlik aloqalariga kelishib oldik.

Jumladan, hamkorlikning barcha jabxalari xaqida to‘xtalib, kelgusida talabalar va professor-o‘qituvchilar almashinuvi haqida kelishildi.

Eng asosiysi, ta’limning sohasida, ayniqsa tibbiy ta’lim yo‘nalishida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish maqsadida Buxoro davlat tibbiyot instituti bilan Buyuk Britaniya oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida qo‘shma ta’lim dasturlari tashkil etiladigan bo‘ldi.